Ko‘katlar taomga nafaqat go‘zal bezak beradi, balki o‘zida uzoq umr va mustahkam salomatlikni ta’minlashga yordam beradigan foydali vitamin va minerallarni saqlaydi. Shifokor-diyetolog Elvina Dok avitaminoz va tanadagi shishlarga qarshi eng yaxshi uchta mavsumiy ko‘katlar haqida ma’lumot berdi.
Foto: Wday
Petrushka (maydanoz) — ayollar salomatligi va go‘zallik manbai
Istalgan ko‘katlar shishlarni bartaraf qilishda samara berishi mumkin, lekin ular orasida foydalilik jihatidan petrushka yetakchilik qiladi. U organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib, shishlarning bartaraf bo‘lishini tezlashtiradi. Ko‘kat tarkibida qimmatbaho minerallar: fosfor, kaliy, magniy, selen, temir va rux bo‘lib, ushbu foydali elementlar go‘zallikni saqlashga yordam beradi. Petrushka shirinliklarga bo‘lgan qaramlikni kamaytiradi. Uning tarkibida limonga qaraganda 4 baravar ko‘p C vitamini mavjud.
Foto: Wday
Aytgancha, petrushka qo‘shilgan salatlar metabolizmni yaxshilaydi va ayollarda hayz davrini tartibga soladi. Petrushkaning foydali xususiyatlari yaxshiroq ta’sir qilishi uchun uni qayta ishlanmagan yog‘lar, masalan, zaytun yog‘i bilan iste’mol qilish lozim. Bundan tashqari, petrushka ko‘zlarni ravshan qiladi va terini yoshartiradi, ammo homilador ayollarga uni tez-tez iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Rayhon barglari shishlarni davolaydi
Ushbu xushbo‘y o‘simlik shifobaxsh xususiyatlarga to‘la bo‘lgani uchun xonaki dorivor o‘t deb ataladi. Uning tarkibidagi tanin kislotasi metabolizmni tezlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi.
Foto: Wday
Rayhon K, P vitamini va beta karotin miqdori bo‘yicha eng boy ko‘katlardan bo‘lib, undagi K vitamini go‘zallik va salomatlikni saqlash uchun juda muhim bo‘lgan kalsiy almashinuvida ishtirok etadi. P vitamini kuchli antioksidant vazifasini bajaradi hamda yurak-qon tomir salomatligini mo‘tadil saqlaydi.
Mazkur o‘simlik siydik haydash xususiyatga ega. Shuning uchun tanadagi shishlarni bartaraf etishda rayhondan foydalanish mumkin. Bunda kundalik suv balansini ta’minlashni unutmaslik lozim. Rayhonni quritilgan holatda, choyga solib yoki yangi uzilgan vaqtida ham iste’mol qilish mumkin.
Ismaloq — yurak salomatligi garovi
Foto: Wday
Har doim ismaloq deganda bolaligimizdagi kuchli dengizchi Papay haqidagi multfilmni yodga olasizmi? Albatta, siz bu o‘simlikdan bunday natijani kutmasligingiz aniq, biroq ismaloq tanaga keng ko‘lamli foydali ta’sir ko‘rsatadi. U immun tizimini mustahkamlaydi, qon tomirlarining holatini yaxshilaydi, qon bosimini barqarorlashtiradi va qondagi aterogen lipidlarning tarkibini kamaytiradi. Natijada yurak-qon tomir tizimining holati yaxshilanadi.
Kattalar uchun kuniga 50-100 gramm miqdorda ko‘katlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”