Foto: AP
Amerikalik olimlar tungi sun’iy chiroqlar ta’siri va Alsgeymer kasalligining paydo bo‘lishi xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi.
Tadqiqot natijalari Frontiers in Neuroscience jurnalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Tadqiqotchilar AQSHda yorug‘likdan ifloslanish bo‘yicha 2012–2018 yilgi sun’iy yo‘ldosh kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qildi, shuningdek, Alsgeymer kasalligining tarqalishi bo‘yicha Medicare — milliy tibbiy sug‘urta dasturining statistik ma’lumotlarini o‘rgandi. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, tungi chiroqlarning uzoq ta’siri kasallikning rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, ko‘cha chiroqlari va boshqa yorug‘lik manbalari yo‘llarda xavfsizlikni yaxshilashga va jinoyatchilikni kamaytirishga yordam bersa-da, ular inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchilar tunda sun’iy yorug‘lik insonning ichki bioritmlariga ta’sir qilishi, ularni buzishi va organizmning turli kasalliklarga, shu jumladan, Alsgeymerga nisbatan zaifligini oshirishi mumkin, degan xulosaga keldi.
Bu holat, ayniqsa, 65 yoshdan kichik odamlarda kuzatiladi. Biroq olimlar ta’kidlashicha, diabet, gipertoniya, depressiya va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabi boshqa omillar tungi yorug‘likka qaraganda salomatlik uchun xavfliroq bo‘lib qolmoqda.
Tadqiqotga boshqa tomondan nazar
Pensilvaniya universiteti qoshidagi Penn xotira markazi olimi Jeyson Karlavish Medicare ma’lumotlari doim ham bemorlarning butun hayot tarixini to‘liq aks ettirmasligini aytdi. Bundan tashqari, tadqiqot mualliflari Alsgeymerning yangi holatlari chastotasini emas, balki muayyan vaqt oralig‘ida tarqalishi o‘rganilganini ta’kidlagan.
O‘z navbatida, klinik nevrolog Devid Knopman sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarining aniqligiga shubha bildirdi. Uning fikricha, bu ma’lumotlar tabiiy yorug‘lik va uylardagi pardalarni hisobga olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi