Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.
Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.
Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham to‘g‘ri emas.
Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.
Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tavsiyalar bilan to‘liq ushbu havolada tanishishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari