16:46 / 16.10.2024
78

Qandli diabetning keksalar uchun yashirin xavfi ma'lum boʻldi

Qandli diabetning keksalar uchun yashirin xavfi ma'lum boʻldi
Pekin tibbiyot kolleji shifoxonasi olimlari qand kasaliga chalingan keksalarda sarkopeniya — skelet mushaklari qurishi xavfi yuqoriligini aniqlashdi, bu nogironlikkacha olib kelishi mumkin.

Tadqiqotda qatnashgan ikkinchi toifali qandli diabetga chalingan 244 nafar keksa bemorning salomatligidagi oʻzgarishlar 5,6 yil davomida kuzatib borildi.

Tadqiqotdan soʻng qatnashchilarning 25,4 foizida sarkopeniya aniqlangan. Sarkopeniyaga uchramaganlarga nisbatan, bunday bemorlarda ogʻir nogironlikka yoʻliqish xavfi 4,7 baravar, davolanish uchun shifoxonaga qaytish ehtimoli 1,7 baravar, har qanday sababdan oʻlim xavfi 2,3 karra yuqori boʻlgan. Sarkopeniyaga uchragan diabetiklar ishtaha yoʻqolishi va siydikni tuta olmaslik kabi asoratlarga ham koʻproq uchragan.

Doktor Lin Kang (tadqiqot rahbari) sarkopeniyani erta aniqlash va davolash qandli diabetli keksalarni azoblar va erta oʻlimdan qutqarishi mumkinligini ta'kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik