64
Olimlar shakar va yog‘li go‘shtdan ham zararli va umrni qisqartiradigan mahsulotni aniqladi
Foto: Freepik
Garvard sog‘liqni saqlash maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, qayta ishlangan oziq-ovqatlarni ko‘p miqdorda iste’mol qiladigan insonlarda yurak xastaliklari, qand kasalligi, ortiqcha vazn, oshqozon-ichak kasalliklari va depressiya kabilarga chalinish ehtimoli oshadi, deya xabar bermoqda Tengri Life.
Qayta ishlangan go‘sht (kolbasa mahsulotlari), sun’iy shirin ta’m qo‘shilgan gazli ichimliklar, sut mahsulotlaridan tayyorlangan shirin desertlar va yormalar kabi qayta ishlangan tayyor nonushta mahsulotlari shakar va yog‘li go‘shtdan ham xavfliroq deb topildi.
Olimlar 30 yil davomida 110 mingdan ortiq ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Qayta ishlangan oziq-ovqatlarni muntazam iste’mol qilgan odamlarda erta o‘lim ko‘rsatkichi to‘rt foizga ko‘proq kuzatildi. Bundan tashqari, qayta ishlangan go‘shtli delikateslar va kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilganlar salomatligi sezilarli darajada yomonlashgani qayd etildi.
Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, insonlarning yuqorida aytilgan sifatsiz mahsulotlarni yeyishidan tashqari yana qanday narsalarni iste’mol qilishi katta rol o‘ynaydi. Ratsionda o‘simlik tolalari, minerallar va vitaminlarga boy oziq-ovqatning bo‘lishi muhimdir. Agar taomnomada oqsil, sabzavot, meva, dukkakli va to‘liq donli mahsulotlar bo‘lsa, qayta ishlangan oziq-ovqatlarning zararli ta’siri kamayadi.
Odatda, qayta ishlangan oziq-ovqatlarda juda ko‘p miqdorda tuz, shakar va yog‘ mavjud. Bundan tashqari, ular iste’molchilarni foydali tarkibi bilan emas, balki ta’m xususiyatlari bilangina o‘ziga jalb etadi. Mutaxassislar qayta ishlangan mahsulotlar iste’molini cheklashni yoki umuman to‘xtatishni tavsiya qiladi, chunki ularning tarkibida xavfli kimyoviy qo‘shimchalar serob. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi