20:55 / 01.11.2024
57

Qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar voz kechishi kerak bo‘lgan eng muhim odat

Qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar voz kechishi kerak bo‘lgan eng muhim odat
Foto: iStock
Gipertoniyadan aziyat chekadigan insonlar qon bosimini normal ko‘rsatkichga qaytarishning ko‘plab usullarini bilishadi. Shu bilan birga, yana bir samarali usul borki, u haqda odatda juda kam insonlar xabardor, deb yozadi “Sports.kz” nashri.

Diyetolog va nutritsiolog Karen Ansel Eating Well nashriga ma’lumot berishicha, qon bosimi arteriyalar bo‘ylab qonning qanchalik tez oqishiga bog‘liq. Qon bosimi bilan bog‘liq muammo uning juda yuqori tezlikda oqib, arteriya devorlariga bosim berganida paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan arteriyalar shikastlanib, yurak xuruji va qon tomirlar kasalliklariga chalinish xavfini oshiradi. Normal qon bosimi o‘rtacha 120 sistolik va 80 diastolikda bo‘lishi lozim.

Qon bosimi tez-tez oshadigan insonlar bartaraf etishi lozim bo‘lgan 1-raqamli odat bu natriy va to‘yingan yog‘larga boy ovqatlarni hamda qayta ishlangan mahsulotlarni iste’mol qilishdir.

Bir necha marta qayta ishlangan oziq-ovqatlar — chipslar, krekerlar, turli konfetlar, qadoqlangan pishiriqlar, gazli ichimliklar tarkibida ko‘plab natriy, shakar, to‘yingan yog‘lar va konservantlar bo‘lib, ularning saqlash muddatini uzaytiradi.

Foto: Healthyfyme
Albatta, barcha qayta ishlangan mahsulotlar zararli emas. O‘ta yuqori darajada qayta ishlangan taomlarda uy sharoitida kamdan kam ishlatadigan masalliqlar, jumladan, ta’m beruvchilar, ranglar, aromatizatorlar va emulgatorlar mavjud”, deydi tibbiyot fanlari doktori Devid L. Kats.

Asosiy muammo biz ularni qanchalik davomiy va ko‘p miqdorda iste’mol qilishimizdadir. Chunki zamonaviy tadqiqotlar qayta ishlangan oziq-ovqatning yuqori qon bosimi bilan bog‘liqligini allaqachon isbotlagan.

Qon bosimini qanday yaxshilash mumkin?
- uyda tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilish;
- jismonan faol bo‘lish;
- dekompressiya.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, surunkali stressni boshdan kechirayotgan odamlarda qon bosimi oshish holatlari 60 foizga ko‘proq uchraydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar voz kechishi kerak bo‘lgan eng muhim odat