Foto: Alamy
Buyraklar organizmda muhim funksiyalarni bajaradi, qonni filtrlaydi va suv muvozanatini tartibga soladi. Ularning salomatligini diqqat bilan kuzatib borish lozim, chunki sog‘lom buyraklarsiz organizm samarali ishlay olmaydi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, buyrak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan eng yaxshi sabzavot — bu karam. Darhaqiqat, karam ko‘plab foydali ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi va buyrak salomatligini ta’minlashda yordma beradi. AQSH qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bir stakan to‘g‘ralgan karam tarkibida 82,1 gramm suv, 2,22 gramm o‘simlik tolasi, 35 milligramm kalsiy, 151 milligramm kaliy va 16 milligramm natriy mavjud. Buyrak kasalliklarini davolashda uchun moddalar muhim rol o‘ynaydi.
Foto: iStock
Diyetolog Jeyn Grin Hend karamni muntazam iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar sirasiga qo‘shish kerakligini tavsiya qiladi, bunga ikki asosiy sabab bor: “Buyraklarning yosh va sog‘lom bo‘lishi uchun ularni natriy bilan ortiqcha yuklamaslik tavsiya etiladi, buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun esa kaliy va oqsil ham ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin, shuning uchun karam eng yaxshi tanlovdir”, deya tushuntirdi mutaxassis.
Har qanday turdagi — xom yoki pishirilgan karam buyraklarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi, chunki sabzavot C vitamini, foliy kislotasi, B6 vitamini va o‘simlik tolalariga boy.
Karamning yagona salbiy tomoni uning hazm qilish tizimiga ta’siri bo‘lishi mumkin. Xususan, ichaklarida muammosi bor insonlarda karam iste’molidan keyin oshqozonda gazlar hosil bo‘ladi va qorin dam bo‘ladi. Shuningdek, karam ba’zi dorilarning, jumladan qonni suyultiruvchi vositalarning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Buyrak salomatli, Eng foydali sabzavot, Karam, C vitamini, Foliy kislotasi, B6 vitamini “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi