Tadqiqotlarga ko‘ra, grippning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlar organizmi taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi. Kasallikning o‘rta og‘ir bosqichida bu muddat o‘n-o‘n to‘rt, ba’zan 21 kungacha cho‘ziladi. Grippning og‘ir shaklidan to‘liq sog‘ayib, quvvatga kirish uchun esa 3 oy vaqt zarur. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq.
Shu bois Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, yurtimizda grippni yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshdan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan.
Ushbu guruhga quyidagilar kiritilgan:
- homilador ayollar;
- 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari hamda yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
- 60 yoshdan oshgan shaxslar;
- 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;
- tibbiyot xodimlari;
- “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi