Tadqiqot: Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin

Salomatlik1 daqiqa o'qish206
Tadqiqot: Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin
Sport bilan muntazam shug‘ullanadigan odamlar yurak xastaliklari, diabet, depressiya, aqliy zaiflik va boshqa ko‘plab muammolarga kamroq duch keladi. British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan yangi tahlil esa jismoniy faollik uzoq umr ko‘rishda ham muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, aholining eng faol va eng kam harakat guruhlari o‘rtasidagi farqlar qanchalik katta ekani alohida qayd etildi.

Agar odamlar sport bilan faol shug‘ullansa, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini besh yilga oshirgan bo‘lardi, deydi yangi tadqiqot mualliflari.

Tadqiqot doirasida olimlar 40 va undan katta yoshdagi amerikaliklarni 2003 yildan 2006 yilgacha bo‘lgan davrda jismoniy faolligi darajasiga qarab to‘rt guruhga ajratdi. So‘ngra bir necha yil davomida ushbu guruhlarning salomatligini kuzatdi.

Bu davrda o‘ta faol insonlarning biror sababdan vafot etishi ehtimoli eng kam harakat odamlarga nisbatan 73 foiz past bo‘ldi.

“O‘lim xavfini ikki baravardan ham ko‘proq kamaytiradigan chora bor bo‘lsa, bu, shubhasiz, jismoniy faollikdir”, — dedi tadqiqot bosh muallifi va Avstraliyaning Griffit universitetida jamoat salomatligi professori bo‘lgan Lennert Veyerman.

Tajribada eng faol odamlar kuniga ikki soat-u qirq daqiqalik piyoda yurish darajasiga teng sport turlari bilan shug‘ullangan. Ularga yetib olish uchun eng kam harakatli odamlar o‘z kundalik tartibiga deyarli ikki soatlik piyoda yurish mashg‘ulotini qo‘shishi kerak bo‘ladi. Buning uddasidan chiqishsa, ular o‘rtacha 10,9 yil ko‘proq umr ko‘rishi mumkin. Bu o‘ta faol kishilarning har bir soatlik piyoda sayri, ularning umriga 6,3 soat qo‘shishini anglatadi.

Shu bilan birga, jismoniy mashqlardan allaqachon “maksimal doza olgan” faollar uchun bir soatlik sayr katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi Veyerman.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olingan natijalar jismoniy mashqlarning sog‘liq uchun ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Aholi punktlarini loyihalashtirishda bu holat albatta inobatga olinishi lozim.

“Agar shaharlar sayr qilish va velosipedda yurish uchun qulayroq qilinsa, biz nafaqat umr ko‘rish davomiyligini oshirishimiz, balki sog‘liqni saqlash tizimlari va atrof-muhitga bo‘lgan yuklamani ham kamaytirishimiz mumkin”, — deb hisoblaydi Veyerman.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?