Miniinvaziv aorta-koronar shuntlash: zamonaviy yondashuv va afzalliklar

Miniinvaziv aorta-koronar shuntlash: zamonaviy yondashuv va afzalliklar
Milliy tibbiyot markazi kardioxirurglari Nijny Novgorod shahridagi Yurak-qon tomir jarrohligi markazi mutaxassislari bilan birgalikda Miniinvaziv aorta-koronar shuntlash (MICS CABG) amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Miniinvaziv aorta-koronar shuntlash: zamonaviy yondashuv va afzalliklar
❗️Ushbu usulning asosiy afzalliklari:

✔️Minimal jarrohlik kesmalari: Ko‘krak qafasini to‘liq ochmasdan, kichik kesmalar orqali amalga oshiriladi.

✔️Tez tiklanish: Bemorlarda operatsiyadan keyingi tiklanish muddati an’anaviy usullarga qaraganda qisqaroq.

✔️Kamroq og‘riq va asoratlar xavfi: Amaliyot bemor organizmiga kamroq ta’sir ko‘rsatadi, bu esa infeksiya va boshqa asoratlar xavfini kamaytiradi.

✔️Estetik natija: Katta kesma izlarining yo‘qligi bemorlar uchun qulaylik yaratadi.
Miniinvaziv aorta-koronar shuntlash: zamonaviy yondashuv va afzalliklar
▶️Bu yondashuv zamonaviy tibbiyot texnologiyalarining milliy amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganining yorqin namunasi bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar