21:09 / 04.01.2025
162

Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin

Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin
Foto: Getty Images
Neurology ilmiy jurnalida e'lon qilingan tadqiqot Nordic Health Research nomli boshqa yirik loyiha ma'lumotlariga asoslangan. Unda jiddiy kasalliklari yoʻq 32 ming kishi qatnashgan boʻlib, ularning oʻrtacha yoshi 62 ni tashkil etgan.

Olimlar olti yil davomida tadqiqot ishtirokchilarini kuzatib, ularning uyqu tartibi va kasallik tarixi haqida ma'lumot toʻpladi. Natijalar kuniga toʻqqiz soatdan ortiq uxlaydigan (ishtirokchilarning 24 foizi) yoki kunduzi 90 daqiqadan koʻproq dam oladigan (ishtirokchilarning 8 foizi) odamlarda insult xavfi etti-sakkiz soat uxlaydigan odamlarga nisbatan 85 foiz yuqori ekanini koʻrsatdi.

Olimlarning ta'kidlashicha, haddan tashqari koʻp uxlash qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Tungi uyqu davomiyligi tavsiya etilgan me'yordan oshgan ishtirokchilarda insult xavfi 23 foizga ortgan. Uzoq muddatli kunduzgi uyqu ham xavfli boʻlib chiqdi: tadqiqotda bir yarim soatdan ortiq dam olish qon-tomir kasalliklari ehtimolini 25 foizga oshirgan.

Avvalroq Lafboro universiteti olimlari ayollar erkaklarga qaraganda koʻproq uxlashi kerakligini aniqlagandi. Qayd etilishicha, ayollar bir vaqtda bir nechta vazifani bajargani uchun ularning miyasi erkaklarnikidan tezroq ishlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin