08:34 / 07.01.2025
214

Yaponiyalik olimlar umrni uzaytiruvchi mevani aniqlashdi

Yaponiyalik olimlar umrni uzaytiruvchi mevani aniqlashdi
Yaponiya salomatlik milliy instituti olimlari shaftoli insonning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va umrini uzaytirish xususiyatiga egaligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Asian Journal of Longevity Research (AJLR) jurnalida e'lon qilindi.

«Shaftoli — antioksidantlarning haqiqiy koni. Eruvchi va erimaydigan kletchatkalarga boy bu meva organizm uchun kuchli himoya qalqoni yaratadi», — dedi Tokio tibbiyot universiteti gerontologiya va diyetologiya mutaxassisi, doktor Kenzo Hashimoto.

Tadqiqotga koʻra, shaftoli tarkibidagi beta-karotin va polifenol kabi antioksidantlar sogʻlom hujayralarga zarar etkazmagan holda saraton hujayralarini tanlab yoʻqotish xususiyatiga ega. Ayniqsa, yaxshi etilgan shaftoli mevalarini iste'mol qilganda samaradorlik yuqori boʻladi.

Model organizmlarda oʻtkazilgan tajribalar asosida shaftoli ekstrakti umrni 23 foizgacha uzaytirishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Olimlarning fikricha, shaftolini muntazam iste'mol qilish salomatlikni mustahkamlash va umrni uzaytirishning eng arzon va oddiy usuliga aylanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik