11:11 / 06.02.2025
62

Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?

Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?
Shveytsariyalik tadqiqotchilar omega-3 ni har kuni iste'mol qilish tanadagi tabiiy qarish jarayonini sekinlashtirishini isbotladi. Ilmiy tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 777 nafar inson ishtirok etdi. Olimlar tomonidan berilgan natijalar Nature Aging jurnalida chop etildi.

Foto: Shutterstock
Uch yil davomida har kuni bir gramm omega-3 iste'mol qilgan sogʻlom keksalarning biologik yoshi boshqa ishtirokchilarga qaraganda uch oyga yoshroq boʻlishi aniqlandi. Bundan tashqari, ratsionga D vitaminini qoʻshish va jismoniy mashqlar (haftada uch marta 30 daqiqadan) ushbu natijani toʻrt oyga oshirdi.

Olimlar omega-3 ning qarish tezligiga ta'sirini baholash uchun epigenetik soatlar deb nomlanuvchi biologik vositalardan foydalandi.

Epigenetik soat bu toʻqimalar, hujayralar va organlarning biologik yoshini aniqlashga imkon beruvchi maxsus DNK belgilari toʻplamidir.

“Fikrimcha, 70 yosh bu ikkinchi bor 50 yoshga toʻlishga oʻxshaydi. Albatta, bu usul qarishning davo boʻl olmaydi, ammo tadqiqot natijalari ushbu usulning qanchalik samarali ekanligini tasdiqlaydi. Omega-3 va D vitaminining kichik dozalarini muntazam ravishda qabul qilish va jismonan faollik haqiqatda inson umrini uzaytiradi”, deydi Altos Labs biotexnologiya kompaniyasi tadqiqotchisi Stiv Horvat.

Bundan avvalgi tadqiqotlarda ham yogʻli baliq, yongʻoqlar, urugʻlar kabi oziq-ovqatlarda mavjud boʻlgan omega-3 qarish jarayonini sekinlashtirishi aniqlangan edi. Biroq yaqin vaqtgacha uni qoʻshimcha vitamin shaklida qabul qilish orqali ham ijobiy natijalarga erishish mumkinligi noma'lum edi.

Shuningdek, olimlar omega-3 yogʻ kislotalarining boshqa foydali xususiyatlarini ham qayd etdi. Xususan, ushbu modda keksa odamlarda toʻsatdan yiqilish holatlarini 10% ga kamaytiradi, infektsiyalarga chalinish xavfini esa 13% ga tushiradi. Bundan tashqari, omega-3, D vitamini va muntazam jismoniy mashqlar invaziv saraton kasalliklarini 61 foizga kamaytirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik