17:51 / 13.02.2025
126

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar berdi. Yiliga 1,9 millionta oʻlim holati yuqori natriy iste'moli bilan bogʻliq deb yozadi Daryo nashri.

Shunga qaramay, dunyo boʻylab kunlik oʻrtacha natriy iste'moli 4,3 grammni tashkil etmoqda. Bu JSSTning 2 grammlik tavsiyasidan 2 barobar yuqoridir. Maqsadga yaqinlashish uchun JSST endi odamlarga uy tuzini natriy miqdori kam boʻlgan muqobilga almashtirishni tavsiya qilmoqda.

Natriy muhim mineral hisoblanadi, lekin boshqa barcha moddalar singari uni ham ortiqcha iste'mol qilib boʻlmaydi. Asosiy xavf yurak kasalliklari va qon bosimi bilan bogʻliq.

Garvard jamoat salomatligi maktabiga koʻra, ortiqcha natriy, avvalo, buyraklarni haddan tashqari zoʻriqtiradi. Organizm natriyni suyultirish uchun koʻproq suv saqlab qoladi, bu esa qon hajmini va u bilan birga qon bosimini oshiradi. Yurak shuncha koʻp qonni haydash uchun kuchliroq ishlashga majbur boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu qon tomirlariga shikast etkazadi va yurak xurujlari, insult hamda yurak yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, peshob bilan kaltsiy yoʻqotilishi tufayli surunkali buyrak kasalligi va osteoporoz xavfi ham mavjud. Shuningdek, Butunjahon saraton tadqiqotlari jamgʻarmasi tuzlangan goʻsht kabi tuz miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarning oshqozon saratoni bilan bogʻliqligini aniqlagan.

Aslida, natriy nafaqat tuzda, balki boshqa koʻplab mahsulotlarda ham mavjud, shu sababli uning iste'molini nazorat qilish juda qiyin.

Yangi taklif shundan iboratki, odamlarga oddiy natriy xloridning bir qismi kaliy xlorid bilan almashtirilgan, kaliy bilan boyitilgan tuzni ishlatish tavsiya etilmoqda.

Kaliy ham organizm uchun foydali mineral hisoblanadi, ammo koʻpchilik uni etarli miqdorda iste'mol qilmaydi. Bu giperkaliyemiyaga koʻproq moyil boʻlgan buyrak muammolari bor kishilarga toʻgʻri kelmasligi mumkin.

JSST ilk bor tuz oʻrnini bosuvchilardan foydalanish boʻyicha global tavsiyalarni e'lon qildi. Shuningdek, tashkilot natriy iste'molini kamaytirish uchun bir nechta foydali maslahatlarni keltirib oʻtdi:
  • oʻta ishlov berilgan oziq-ovqatlardan saqlanish;
  • dasturxonlardan tuzdonlarni olib qoʻyish;
  • ovqat tayyorlashda kamroq tuz ishlatib, koʻproq ziravor qoʻshish;
  • kaliy bilan boyitilgan tuzga oʻtish;
  • mahsulotlarda natriy miqdori kam koʻrsatilgan belgilarni izlash;
  • yodlangan tuzdan foydalanish.

2024 yil JSST ekspertlari tuzni haddan tashqari koʻp iste'mol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytgandi. Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlish ehtimoli Gʻarbiy Evropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori.

Gipertoniya Evropa mintaqasida barcha oʻlimlarning deyarli toʻrtdan bir qismini va nogironlarning 13 foizini tashkil qiladi. Aksariyat yevropaliklar koʻp tuz iste'mol qiladi va 30-79 yoshdagi har uchinchi odam gipertoniyadan aziyat chekadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik