
Yuqori qon bosimi – bu ko‘pchilikni bezovta qiladigan muammo. Gipertoniya kasalligida ko‘plab mahsulotlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ammo qaysi mahsulotlar, aksincha, ratsionga kiritilishi kerak?
Taniqli terapevt Surayya Kukadiya, ijtimoiy tarmoqlarda Doktor Sudj nomi bilan mashhur bo‘lgan shifokorning ta’kidlashicha, yuqori qon bosimi – bu jiddiy kasallik bo‘lib, insult, infarkt, qon tomir va buyrak xastaliklarining asosiy sababi hisoblanadi.
Tuz, kofein, shakar va boshqa bir qator mahsulotlar gipertoniyadan aziyat chekadiganlar uchun tavsiya etilmaydi. Ammo qaysi mahsulot qon bosimini pasaytirishga yordam beradi?
Doktor Sudj SurreyLive nashriga bergan intervyusida birinchi o‘rinda lavlagi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Lavlagi – qon bosimi uchun tabiiy dori
Lavlagi tarkibida nitratlar mavjud bo‘lib, ular inson organizmi uchun xavfsiz va hatto juda foydali hisoblanadi.
- Nitratlar qon bosimini pasaytiradi (ham sistolik, ham diastolik).
- Gipertoniya rivojlanishini oldini oladi.
- Yurak va qon tomirlarini mustahkamlaydi.
Shuningdek, lavlagida:
- Kletchatka,
- S vitamini,
- V8 vitamini,
- Kaliy va temir
mavjud bo‘lib, bu moddalar organizmning yurak-qon tomir, hazm qilish va asab tizimlari uchun juda foydali hisoblanadi.
Lavlagi kaloriyasi kam, lekin organizmga kerakli vitaminlar va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi moddalar bilan boyitilgan.
Lavlagi ta’mini yoqtirmaysizmi?
Agar lavlagi ta’mi sizga yoqmasa, uni olma bilan aralashtirish yoki qant qo‘shilmagan meva sharbati bilan aralashtirib ichish mumkin.
Shuningdek, lavlagini qaynatib, pishirib yoki salat tarzida iste’mol qilish ham mumkin.
Shifokorlar lavlagi gipertoniya xavfini kamaytirish va yurak salomatligini saqlash uchun eng yaxshi tabiiy mahsulotlardan biri ekanini ta’kidlashmoqda. Shuning uchun kunlik ratsioningizga lavlagini qo‘shishni unutmang!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar