Gazli ichimlik ichasizmi? Ehtiyot bo‘ling – kayfiyatingizga salbiy ta’sir qilar ekan!

Salomatlik1 daqiqa o'qish443
Gazli ichimlik ichasizmi? Ehtiyot bo‘ling – kayfiyatingizga salbiy ta’sir qilar ekan!
Do‘konda har xil rang-barang ichimliklar qiziqtirsa, biling: ular faqat chanqog‘ingizni bosmaydi, kayfiyatingizga ham “hujum” qiladi. Xitoyning Venchjou tibbiyot universiteti olimlari shirin ichimliklar bilan depressiya xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochdi.

Ilmiy xulosa: shirinlik — doim ham shirin oqibat bermaydi
188 ming nafar inson, 11 yillik kuzatuv va aniq natija. Olimlar 37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar orasida ichimlik tanlovi va ruhiy holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandilar. Qizig‘i shundaki:
  • Shakarli gazli ichimliklar va sun’iy shirinlashtirilgan napitkalar iste’moli depressiya xavfini mos ravishda 14% va 23% ga oshirgan;
  • Yangi meva sharbatlari va qahva iste’moli esa bu xavfni 19% va 12% ga kamaytirgan.

Bu natijalar asosan 60 yoshgacha bo‘lganlar uchun ahamiyatli. Keksa yoshdagi odamlarda esa shirin ichimliklar va ruhiy holat o‘rtasida aniq bog‘liqlik topilmagan. Ammo qahva va tabiiy sharbatlar keksalarga ham foyda keltirgan.

Ichimlikni almashtirsangiz, kayfiyatingiz ham o‘zgaradi!
Tadqiqotda yana bir qiziq jihat aniqlandi: gazli ichimlik o‘rniga tabiiy sharbat iste’mol qilish orqali depressiya xavfini 16% ga kamaytirish mumkin ekan. Bu esa faqat tanangiz uchun emas, balki ruhingiz uchun ham muhim tanlov!

Olimlar ogohlantiradi
Tadqiqot mualliflari bu xulosalar “ichimlik kasallik keltiradi” degan ma’noni bermasligini, ammo ovqatlanishdagi kichik o‘zgarishlar ham ruhiy salomatlikka ta’sir qilishi mumkinligini urg‘ulaydi.

Zamin.uz fikri:
Sog‘lom ovqatlanish haqida gap ketganda, biz odatda vazn yoki qand miqdori haqida o‘ylaymiz. Ammo bu tadqiqot shunchaki “qancha kaloriya?” degan savoldan ko‘ra, “qaysi kayfiyat?” degan savol ham muhim ekanini ko‘rsatadi.

Ichimlik tanlashda shoshilmang. Gazli yoki shirin emas — tabiiy va ruhiyatga foyda beradiganini tanlang.

Siz qaysi ichimlikni yaxshi ko‘rasiz?

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?