
Har kuni osmonda yuz berayotgan tabiiy hodisalardan biri — magnit bo‘roni (geomagnit bo‘ron). U yerning magnit maydonida Quyoshda yuz bergan portlashlar natijasida yuzaga keladi. Ko‘zga ko‘rinmaydi, lekin ta’siri sezilarli bo‘lishi mumkin.
Kimlar uchun xavfli?
Magnit bo‘roni ayniqsa quyidagi toifadagi insonlar uchun xavfli:
1. Yuragi yoki qon bosimi bilan muammosi borlar
2. Yuqori stress va charchoqda yurganlar
3. Qariyalar va homilador ayollar
4. Bolalarda ham holsizlik kuzatilishi mumkin
Ba’zi odamlarda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, asabiylik, hatto qon bosimi oshishi yoki tushishi kuzatiladi.
Nima qilish kerak?
1. Ortiqcha stressdan qoching – Ro‘yxatingizni yengillashtiring
2. Suyuqlik ko‘proq iste’mol qiling – Qon aylanishi yaxshilanadi
3. Kuchli kofein va alkogoldan saqlaning – Asab tizimiga og‘irlik qiladi
4. Havo va energiyani his qiling – Tabiat bag‘rida sayr, uyquni yaxshilash kerak
5. Dori iste’mol qiluvchilar shifokor bilan maslahatlashsin
Magnit bo‘ronlari kamdan-kam kuzatiladigan, ammo inson salomatligiga ta’sir qiladigan hodisalardan biridir. Agar o‘zingizni noodatiy his qilsangiz — bu befarq o‘tmasin. Tanangiz sizga signal beryapt “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar