
Olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kunni to‘g‘ri va vaqtida nonushta bilan boshlaydigan insonlarda bel sohasida yog‘ to‘planishi kam bo‘ladi va ularda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish jarayoni tezroq kechadi. Mutaxassislar ertalabgi ovqatlanishning samarasini maksimal 80 foizgacha oshirish imkonini beruvchi bir nechta oddiy tavsiyalar bilan bo‘lishishdi.
Uyg‘onishdan keyin 30 daqiqa ichida nonushta qiling
Tibbiyot fanlari doktori Mett Tannberg ta’kidlaganidek, tanamiz tun davomida kamida sakkiz soat och holatda bo‘ladi. Agar organizm ertalab ovqat bilan ta’minlanmasa, metabolizm jarayonlari sekinlashadi. Bu esa kaloriya sarflanishini to‘xtatadi. Shuning uchun uyg‘onishdan so‘ng yarim soat ichida yengil va to‘yimli nonushta qilish kerak.
Kunni bir stakan suv bilan boshlang
Parhezshunos Ilana Myulshteyn ertalab bir piyola toza suv ichishni kundalik odatga aylantirishni tavsiya qiladi. Bu nafaqat tanani suv bilan ta’minlaydi, balki og‘irlikni nazorat qilishga ham yordam beradi. Sababi — ko‘pincha odamlar chanqoqni ochlik deb qabul qiladi va keragidan ortiq ovqat yeyishga majbur bo‘ladi. Suv bu xatoni bartaraf etadi.
Nonushtada oqsilli mahsulotlarga o‘rin bering
Agar sizning ertalabgi taomingiz kruassan yoki shirin non bo‘lsa, ularni avval oqsilli mahsulotlar — tuxum, grek yogurti, tuzli buterbrodlar, losos yoki loviyali salatlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu glyukoza darajasining keskin ko‘tarilishining oldini oladi va kun davomida o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.
Uglevodlardan ham voz kechmang, lekin oqilona
Diyetolog Juli Miller Jons uglevodlarni butunlay rad etish mushak massasi va umumiy energiya zaxirasiga salbiy ta’sir qilishini aytadi. Shirin bulochkalar o‘rniga kletchatkaga boy donli suli yormasini tanlash maqsadga muvofiq. Bu organizmni uzoq vaqt to‘q tutadi va energiya bilan ta’minlaydi.
Qahva yoki ko‘k choy — tabiiy yog‘ yoquvchi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, jismoniy mashqlardan 30 daqiqa oldin iste’mol qilingan bir finjon qahva butun tana bo‘ylab yog‘ning oksidlanishini tezlashtiradi. Agar siz qahva ixlosmandi bo‘lmasangiz, ko‘k choyni tanlashingiz mumkin. Undagi flavonoidlar organizmni mashq paytida tetik saqlab, qorin atrofidagi yog‘larni kamaytiradi.
Xulosa: to‘g‘ri nonushta — sog‘lom hayotning kaliti
Tongda organizmni to‘g‘ri ovqat bilan ta’minlash nafaqat kun davomida energiyani oshiradi, balki keksalikda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash imkonini ham beradi. Qahva, suv, oqsil va muvozanatli uglevodlarni o‘z ichiga olgan oddiy nonushta ham sog‘lig‘ingizga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Ertalabki qadamlar — kelajakdagi sog‘lom hayotning poydevori! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar