AQSHda "biologik prezervativ" vaksina taqdim etildi: virusga 100 foiz to‘siq

Salomatlik1 daqiqa o'qish361
AQSHda "biologik prezervativ" vaksina taqdim etildi: virusga 100 foiz to‘siq
Jahon tibbiyotida inqilobiy yangilik — AQSHda 100 foiz samarali deb baholanayotgan “Yeztugo” nomi ostidagi yangi vaksina taqdim etildi. Bu dori vositasi virus tarqalishini to‘liq to‘sish qobiliyatiga ega ekani klinik sinovlar orqali isbotlangan.

“Yeztugo” allaqachon 7000 nafar ixtiyorchi ishtirok etgan keng qamrovli klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Eng muhim tomoni shundaki, preparat yiliga bor-yo‘g‘i ikki marta qo‘llanadi va shunga qaramay, u hatto xavfli aloqalar paytida ham yuqishning oldini oladi. Shu bois vaksina shifokorlar orasida “biologik prezervativ” nomini olgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu preparatning yaratilishiga 20 yil vaqt sarflangan. Uning to‘liq samarasi va xavfsizligi sinovlarda to‘liq tasdiqlangan. AQSH hukumati dori vositasini mamlakatga yetkazib berishni 2025-yil oxirigacha boshlashni rejalashtirgan. Keyinchalik dunyo bo‘ylab keng tarqatilishi kutilmoqda.

Mazkur vaksina nafaqat virus yuqishining oldini oladi, balki kelgusi pandemiyalarga qarshi ham ishonchli himoya tizimi sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, u inson organizmida uzoq muddatli immunitet hosil qilishi bilan ajralib turadi.

“Yeztugo” kelajakda global sog‘liqni saqlash tizimida yangi davrni boshlab berishi mumkin — mutaxassislar uni insoniyatni xatarli viruslardan to‘liq himoya qiladigan birinchi vosita sifatida baholamoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?