Qora plastik idishlar sog‘liqqa xavf tug‘dirmoqdami?

Salomatlik1 daqiqa o'qish254
Qora plastik idishlar sog‘liqqa xavf tug‘dirmoqdami?
Har kunimizda foydalanadigan oshxona buyumlari orqali ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir yetkazilishi mumkin. Bu haqda Rossiya epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi markaz mutaxassisi Mixail Lebedev ogohlantiruvchi fikr bildirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ayniqsa issiq taomlar tayyorlashda ishlatiladigan qora rangli kapkir, qoshiq va shunga o‘xshash plastik anjomlar tarkibida antipirenlar — yong‘in xavfini kamaytirish uchun ishlatiladigan, lekin inson salomatligi uchun yetarlicha zaharli moddalar mavjud bo‘lishi mumkin.

Antipirenlar yuqori harorat ta’sirida ajralib, ozuqa vositasi orqali inson organizmiga o‘tishi va xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga e’tibor qaratish lozimligini yana bir bor eslatadi.

Mixail Lebedev shunday mahsulotlarni tabiiy va xavfsiz materiallardan tayyorlangan analoglar bilan almashtirishni tavsiya etdi. Uning fikricha, bambuk, yog‘och, aynan tabiiy teri va kremniy kabi materiallar nafaqat ekologik, balki inson salomatligi uchun ham mutlaqo bezarar hisoblanadi.

Bunday tabiiy anjomlar uzoq vaqt davomida ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi va ularni tozalash yoki qayta ishlash ham juda oson. Shu bois mutaxassislar ham bu kabi ekologik mahsulotlarni tanlashni maslahat bermoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?