
Jigar — inson organizmidagi eng muhim a’zolardan biri hisoblanadi. Uni himoya qilish va sog‘lom saqlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish katta ahamiyatga ega. Ayrim mahsulotlar jigar hujayralarining tiklanishiga yordam bersa, ba’zilari esa unga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Jigarni “foydali taomlar” qatoriga quyidagi yeguliklar kiradi: antioksidantlar va foydali moddalarga boy sabzavot hamda mevalar (sitrus turlari, rezavorlar), baliq, kamyog‘li go‘sht, sut mahsulotlari, dukkakli mahsulotlar, yong‘oqlar, sabzavotli sho‘rva, pomidor sharbati, zaytun yog‘i, ko‘katlar, sarimsoq va ko‘k choy.
Biroq jigar salomatligi uchun xavf tug‘diradigan “xavfli taomlar” ham bor. Ular qatoriga yuqori yog‘li va kaloriyali go‘sht turlari, ko‘p qovurilgan va xamirli ovqatlar, fast-fudlar, to‘yingan sut, qaymoq, tvoroglar, turp, oq karam, shokolad, muzqaymoq, pishiriqlar, gazli ichimliklar, qahva va taniqli qora choy kiradi.

Shu bilan birga, jigar uchun ovqatlanish tartibi ham juda muhim. Bu a’zo tinimsiz ishlaydi, shu sababli u doimiy va oz-ozdan ovqatlanishni yaxshi ko‘radi. Uzoq vaqt och yurish yoki ortiqcha to‘yingan holda ovqat yeyish esa uning faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.
Jigaringizni asrang — u sizdan e’tibor kutmoqda! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar