date

Issiqlik miyaga qanday ta’sir qiladi? — Olimlar ogohlantirmoqda

Issiqlik miyaga qanday ta’sir qiladi? — Olimlar ogohlantirmoqda

Iqlim o‘zgarishi oqibatida kuchayib borayotgan issiq to‘lqinlar inson miyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Peopletalk'ning yozishiga ko‘ra, bu boradagi ilmiy kuzatuvlar miya faoliyati bilan bog‘liq bir qator salomatlik muammolarining kuchayishiga ishora qilmoqda.

London universitet kolleji nevrologi, epilepsiya bo‘yicha mutaxassis Sandjay Sisodiyaning ta’kidlashicha:

"Issiqlik epilepsiyani kuchaytiradi: Masalan, Drave sindromi kabi kasalliklar yuqori haroratda yanada xatarli tus oladi."

Issiq to‘lqinlar erta o‘limga olib kelishi mumkin: 2003 yilda Yevropadagi issiq to‘lqinlar paytida ortiqcha o‘lim holatlarining 7 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri nevrologik muammolar bilan bog‘langan.

Ushbu holat 2022 yilda Britaniyada ham kuzatilgan: Odatdan tashqari issiq ob-havo miya bilan bog‘liq xastaliklarni ko‘paytirgan.

Issiqlik ta’sir qiluvchi nevrologik kasalliklar ro‘yxati:

  • Epilepsiya;
  • Insult;
  • Ensefalit;
  • Rasseyan skleroz;
  • Migren;
  • Boshqa qator nevrologik buzilishlar.

Issiqlikning miyaga salbiy ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?

  • Agressiya va achchiqlanishni oshiradi;
  • Depressiya va ruhiy tushkunlikka sabab bo‘ladi;
  • Nerv hujayralaridagi elektr impulslarga ta’sir ko‘rsatadi;
  • Dori vositalarining ta’sirini o‘zgartirishi mumkin;
  • Iqlimga oid xavotir hissini kuchaytiradi.

Issiqlik – faqat tashqi diskomfort emas, balki inson miyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladigan omil ekanini olimlar ta’kidlamoqda. Harorat oshgan sari, ruhiy va nevrologik salomatlikka bo‘lgan e’tibor ham oshishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Issiqlik miyaga qanday ta’sir qiladi? — Olimlar ogohlantirmoqda