date

Ijtimoiy tarmoqlarda «yirtqich diyetasi» sababli yog‘ni pachkalar bilan yeyish trendga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «yirtqich diyetasi» sababli yog‘ni pachkalar bilan yeyish trendga aylandi

Foydalanuvchilar ommaviy ravishda yog‘ni butun pachkalari bilan yeyishni namoyon etuvchi videolarni tarqatishmoqda. Bu insonlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, «yirtqich diyetasi»(karnivor-diyeta) asosida ovqatlanishlarini namoyish etishmoqda,, deb yozmoqda Pravilamag.

Yirtqich diyetasi yoki karnivor-diyeta — bu faqat hayvon mahsulotlarini iste’mol qilishga ruxsat beriladigan ovqatlanish usulidir. Asosiy e’tibor oqsilga boy taomlarga qaratiladi: steyklar, tuxumlar, pishloqlar. Nafaqat sabzavot va mevalar, balki qahva va choy ham taqiqlanadi.

Yog‘ ko‘pincha «karnivorlar» uchun zakuska sifatida xizmat qiladi. «Yirtqich diyetasi» tarafdorlari ta’kidlashicha, yog‘ ular uchun shirinlik o‘rnini bosadi va energiya manbai hisoblanadi.

Yog‘ bo‘laklari, shuningdek, to‘yimli ovqat qabul qilishda qo‘shimcha sifatida ham iste’mol qilinadi: videolarda ba’zi «yirtqich diyetasi»ga amal qiluvchi insonlar yog‘ni go‘sht yoki tuxum bilan birga yeyotgani aks etgan.

Shu bilan birga, shifokorlar yog‘ni haddan ziyod iste’mol qilish sog‘liq uchun muammolarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu holat jigar, oshqozon osti bezi va qon tomirlariga ortiqcha yuk tushishiga sabab bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko‘ra, kunda iste’mol qilinadigan kaloriyaning eng ko‘pi 10 foizini to‘yingan yog‘lar tashkil qilishi mumkin. Bu esa bir kunda taxminan 10–20 gramm sariyog‘ demakdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ijtimoiy tarmoqlarda «yirtqich diyetasi» sababli yog‘ni pachkalar bilan yeyish trendga aylandi