Madriddagi Komplutense universiteti olimlari ovqatlanish vaqti vaznni nazorat qilishda hal qiluvchi omil ekanini aniqladi. Tadqiqotda ortiqcha vaznga ega 1 195 nafar katta yoshli inson 16 haftalik ozish dasturidan o‘tdi. 12 yildan so‘ng natijalar tahlil qilinganda, har bir soatga kechikkan ovqatlanish indeks massa tela (IMT)ni o‘rtacha 1 kg/m² ga oshirishi va vaznni taxminan 2,2% ga ko‘paytirishi ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda Peopletalk.
Genetik jihatdan semizlikka moyil odamlarda bu ta’sir yanada kuchli – kechikib ovqatlanish har soatda IMTni 2,21 kg/m² ga oshirgan. Mutaxassislar bu holatni biologik “ichki soat” – sirkad ritmlar buzilishi bilan izohlaydi. Kechikkan nonushta va tushlik organizmning tabiiy ishlash tartibini buzib, ortiqcha vazn bilan birga yurak-qon tomir xastaliklar xavfini ham oshiradi.
Olimlar ertalab va tushda ertaroq ovqatlanishni odat qilish ortiqcha kilogrammlardan saqlanish va sog‘lom yurak uchun oddiy, biroq samarali usul ekanini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!