Olimlar dunyo tibbiyotida ulkan voqea sifatida baholanayotgan yangilikka qo‘l qo‘yishdi — ular Alsgeymer kasalligini yengish yo‘lini topishdi va hatto avval yo‘qolgan, unutilgan xotiralarni qayta tiklash usulini ham o‘rgandilar. Bu kashfiyot jahon fan olamida miya kasalliklari sohasidagi eng katta yutuqlardan biri sifatida qaralmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, insonda xotiraning susayishi yoki butunlay yo‘qolishining asosiy sabablaridan biri miya tuzilishlaridagi litiy moddasi miqdorining me’yordan ancha past bo‘lishidir. Litiy — bu organizmda tabiiy ravishda uchraydigan element bo‘lib, u asab tizimi faoliyatida, ayniqsa, xotira jarayonlarida muhim o‘rin tutadi.
O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, agar miyadagi litiy yetishmovchiligi muntazam ravishda to‘ldirilib turilsa, neyronlar faoliyati qayta tiklanadi, miya yosharish belgilarini ko‘rsata boshlaydi va eng muhimi — yo‘qolgan xotiralar qayta jonlanadi.
Olimlar sichqonlar ustida olib borgan tadqiqotlarida litiy qo‘shimchalarini muayyan me’yorda berish natijasida nafaqat xotira tiklanishi, balki Alsgeymer kasalligi rivojlanishining to‘liq to‘xtashiga ham erishishgan. Ushbu elementning ta’siri shu qadar kuchliki, u profilaktika sifatida doimiy himoya vazifasini ham bajara oladi, ya’ni kasallik paydo bo‘lishidan oldin uning oldini oladi.
Hozirda ushbu ilmiy yutuq asosida keng qamrovli klinik sinovlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Agar natijalar insonlar ustida ham sichqonlardagi kabi samarali bo‘lsa, yaqin kelajakda tibbiyotda yangi inqilob bo‘lishi mumkin. Chunki bu dorining ommaviy ishlab chiqarilishi Alsgeymer kasalligidan qo‘rqish davriga nuqta qo‘yishi mumkin.
Olimlar fikriga ko‘ra, bu kashfiyot nafaqat bemorlarning hayotini tubdan yaxshilaydi, balki millionlab oilalar uchun umid nurini yoqadi. Miya salomatligini asrash va xotirani uzoq yillar saqlab qolish mumkinligi haqidagi bu xabar, albatta, tibbiyot va inson sog‘ligi tarixida yangi sahifa ochishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar