So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir ichilgan kola inson umrini o‘rtacha 12 daqiqaga qisqartiradi. Bunga sabab, uning tarkibidagi yuqori miqdordagi shakar, sun’iy qo‘shimchalar va fosfor kislotasi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Kolani muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, ortiqcha vaznga olib keladi va diabet ehtimolini keskin ko‘paytiradi. Shuningdek, u tish sirtini yemiradi, suyak mustahkamligini pasaytiradi va oshqozon-ichak faoliyatini buzadi.
Mutaxassislar gazli ichimliklar o‘rniga suv, tabiiy meva sharbati yoki o‘simlik choylarini tavsiya qiladi. Zararli odatlardan voz kechish va to‘g‘ri ovqatlanish umrni uzaytiradi hamda hayot sifatini yaxshilaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar