Ko‘pchilik duch keladigan muammolardan biri — tirnoqning etga o‘sib kirishi. Bu holat odatda oyoq bosh barmog‘ida ko‘p kuzatiladi va og‘riq, qizarish hamda yallig‘lanishga olib kelishi mumkin.
Asosiy sabablar:
Tirnoqni noto‘g‘ri kesish (uni juda chuqur olib tashlash);
Tor poyafzal kiyish;
Oyoqlardagi ortiqcha terlash va gigiyenaga amal qilmaslik;
Genetik omillar (tirnoq shaklining irsiy xususiyati).
Qanday oldini olish mumkin?
Tirnoqni doimo to‘g‘ri shaklda, yumaloq emas, tekis qilib olish.
Tor va noqulay poyafzaldan voz kechib, oyoqqa qulay, charm yoki havo o‘tkazadigan materialdan tayyorlangan poyafzal kiyish.
Oyoqlarni toza va quruq saqlash, muntazam pedikyur qilish.
- Agar og‘riq yoki yallig‘lanish kuchaysa, uy sharoitida emas, balki mutaxassis podolog yoki dermatologga murojaat qilish zarur.
Shifokorlar ta’kidlaydi: o‘zboshimchalik bilan tirnoqni kesib, uni olib tashlash holatni yanada og‘irlashtirishi mumkin va infeksiya keltirib chiqarishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!