date

Shirinlik istagining yangi sababi aniqlandi

Shirinlik istagining yangi sababi aniqlandi

Olimlar shirinlikka bo‘lgan istakni oshiradigan yangi omilni aniqlashdi.

Texasdagi Beylor tibbiyot kolleji tadqiqotchilari boshqalarning ovqat yeyotganini kuzatish miyadagi dopamin tizimi orqali ortiqcha ovqatlanishga olib kelishini aniqlashdi.

Bu ta’sir faqat shirin taomlar bilan sodir bo‘lar ekan. Masalan, hayvonlar qarindoshlari yog‘li yoki oddiy ovqat yesa — hech qanday reaksiya bo‘lmagan.

Lekin shirinlik iste’mol qilinganda, hatto to‘ygan hayvonlar ham ovqatlanishni boshlagan. Bu holatga miyadagi D1 va D2 dopamin retseptorlari javobgar.

Tajribada ushbu retseptorlar bloklanganda ta’sir yo‘qolgan. Shu orqali olimlar miya “bu yoqimli, yana qilish kerak” deb signal yuborishini ta’kidlashdi.

Tadqiqot muallifi doktor Yong Syuyning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy hayotda insonlar ekran, reklama va ijtimoiy tarmoqlarda taomlar tasviriga doimiy duch keladi.

Vizual va ijtimoiy stimullarning ta’sirini tushunish sog‘lom turmush tarzi shakllantirishda muhim bosqich bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shirinlik istagining yangi sababi aniqlandi