date

Qaysi taomlar demans xavfini pasaytiradi?

Qaysi taomlar demans xavfini pasaytiradi?

Olimlar olib borgan so‘nggi tadqiqotlar demans va Alsgeymer kasalligi rivojlanish ehtimolini kamaytirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini aniqladi, deb xabar berdi Peopletalk.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, MIND parhezi — O‘rta dengiz taomlari hamda qon bosimini nazorat qilishga qaratilgan DASH parhezining uyg‘unlashgan ko‘rinishi — miya salomatligini saqlash va demans xavfini kamaytirishda samarali hisoblanadi.

Tadqiqotga ko‘ra, kundalik ovqatlanish tartibiga turli xil karam navlari va ismaloqni kiritish tavsiya etiladi. Ushbu sabzavotlar K va Ye vitaminlariga boy bo‘lib, miyaning kognitiv imkoniyatlarini oshiradi hamda uning hujayralarini zararlanishdan muhofaza qiladi.

Shuningdek, ro‘yxatda xotira yo‘qolishini sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan qo‘zichoq go‘shti va tuxum ham bor. Olimlar ayniqsa qizil ikrani alohida ta’kidlashgan — chunki u miya faoliyati uchun muhim bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalariga serob.

Bundan tashqari, turli yong‘oqlar ham parhezda muhim o‘rin tutadi. Mutaxassislarning fikricha, ular qon aylanishini yaxshilaydi va diqqatni jamlashga yordam beradi.

Demak, kundalik taomnoma to‘g‘ri tuzilsa, nafaqat sog‘lom turmush tarzi ta’minlanadi, balki demans va Alsgeymer kabi xastaliklarning oldini olish imkoniyati ham ortadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qaysi taomlar demans xavfini pasaytiradi?