Ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tishlar emalini yemiruvchi va karies rivojlanishiga olib keluvchi zararli komponentlar mavjud. Olimlar tishlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi, deb Zamin.uz xabar berdi.
Musallas. Ushbu alkogolli ichimlik tish emalining holatini yomonlashtiradi. AQShlik mutaxassislar ichimlik tarkibidagi vino kislotasi tishlar qoplamasini parchalashga qodirligini aniqladi. Bundan tashqari, uzumning to‘q rangli navlaridan tayyorlangan musallaslar tish emalini qoraytiradi.
Gazlangan ichimliklar. Agar ular muntazam ravishda iste’mol qilinsa, unda kislota-ishqor muvozanatining buzilishi kabi muammo paydo bo‘ladi. Ushbu ichimliklar tarkibidagi katta miqdordagi qand xavfli bakteriyalar ko‘payishi uchun juda yaxshi muhit yaratadi.
Vaznni tushiruvchi preparatlar. Bunday tabletkalarni qabul qilishdan ko‘riladigan ijobiy samara hozirgacha isbotlanmagan. Biroq olimlar bunday preparatlarning milklarga zararli ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, bu tabletkalar kislotalilikni kamaytirish uchun zarur bo‘lgan so‘lak ajralishini ham kamaytiradi.
Idishlarga solingan suv. Idishlarga quyilib sotiladigan suv tish emaliga zarar yetkazadi. Oddiy suv tarkibida ko‘p miqdorda ftor moddasi bo‘ladi, idishlardagi suvda esa uni topolmaysiz. Ftor tishlarning mustahkamlanishiga yordam beradi hamda ularning ta’sirchanligini yo‘q qiladi.
Sitrus mevalari. Greypfrut, apelsin, limon va mandarin sharbatlari ham tish emalini yemiradi. Ichimliklarda katta miqdorda tishlar eroziyasini keltirib chiqaruvchi kislotalar mavjud. Shifokorlar sitrus mevasini tanovul qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini oddiy suvda chayqashni maslahat beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!