date

Dunyo bo‘yicha ruhiy salomatlik og‘ir ahvolda

Dunyo bo‘yicha ruhiy salomatlik og‘ir ahvolda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 1 milliarddan ortiq inson turli xil ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Tashkilotning hisobotida qayd etilishicha, eng ko‘p uchraydigan kasalliklar qatoriga tashvish va depressiya kiradi. Statistikaga ko‘ra, ayollar erkaklarga qaraganda ruhiy xastaliklarga tez-tez duch kelishadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning keng tarqalishi ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Faqatgina tashvish va depressiya tufayli jahon iqtisodiyoti har yili o‘rtacha 1 trillion dollar zarar ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, ko‘plab davlatlar sog‘liqni saqlash byudjetining atigi 2 foizini ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratadi. Afsuski, kam daromadli mamlakatlarda ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarning 10 foizdan kamrog‘i zarur tibbiy yordamni oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Dunyo bo‘yicha ruhiy salomatlik og‘ir ahvolda