Qalampir nafaqat mazali, balki shifobaxsh mahsulot sifatida ham qadrlanadi, deb ta’kidlanmoqda tibbiy va gastronomik tadqiqotlar davomida. Ushbu qadimiy ziravor insoniyat tarixida minglab yillardan buyon turli xalqlar oshxonasida va tabobatda keng qo‘llanib kelingan. U taomlarga o‘ziga xos o‘tkir ta’m bag‘ishlab, bir vaqtning o‘zida salomatlik uchun bir qancha foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Qalampirning asosiy shifobaxsh xossasi uning tarkibidagi kapsaitsin moddasi orqali amalga oshadi. Bu birikma asab tizimini faollashtiradi, og‘riqni kamaytiradi va yallig‘lanishni pasaytiradi. Shuningdek, unda A, S va Ye vitaminlari, temir, kaliy, magniy, beta-karotin kabi organizm uchun foydali moddalar ham mavjud bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlash, hujayralar tiklanishi va umumiy salomatlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qalampir ozishga yordam beradigan mahsulotlar qatorida e’tirof etiladi. Chunki u metabolizmni tezlashtiradi, ya’ni ovqat hazm qilish jarayonini faollashtiradi. Bunda organizmdagi ortiqcha yog‘lar parchalanishi jadallashadi va sog‘lom vaznni saqlash osonlashadi. Shu bois, parhez tutayotgan kishilar taomlariga ehtiyotkorlik bilan va miqdorini hisoblab qo‘shishi tavsiya etiladi.
Shuningdek, qalampir qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlarni kengaytiradi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini faollashtiradi. Shu jihatdan, u gipotoniya, ya’ni past qon bosimi muammosi bor kishilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Biroq yuqori qon bosimi bilan og‘riganlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi zarur.
Qalampir ozishga yordam berishini bilarmidingiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar