Olimlar tuz iste’moli bo‘yicha turlicha fikr bildirmoqda. Mutaxassislar kuniga 5 gramm tuzdan oshirmaslikni tavsiya qiladi, ammo dunyo bo‘yicha odamlar bundan ikki baravar ko‘p iste’mol qilmoqda. Bu esa yuqori qon bosimi va yurak xastaliklari xavfini oshiradi.
Biroq ayrim tadqiqotlarda tuzni juda kamaytirish ham zararli ekani aytilmoqda. Kuniga 3 gramm tuzdan kam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Mutaxassislar eng maqbul miqdor 3–6 gramm oralig‘ida ekanini qayd etmoqda.
Tarixiy misollar ham bu fikrni tasdiqlaydi. Yaponiyada va Finlyandiyada tuz iste’molini kamaytirish natijasida yurak xastaligi va insultdan o‘lim holatlari sezilarli darajada kamaygan. Bu esa muvozanatli yondashuvning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Shifokorlar ortiqcha tuz iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lishni maslahat beradi. Ammo uni butunlay cheklash ham to‘g‘ri emas. Eng muhimi — yashirin tuz manbalarini nazorat qilish va sog‘liq uchun o‘rtacha miqdorni saqlashdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!