Sarimsoq piyoz insoniyat tomonidan ming yillar davomida shifobaxsh mahsulot sifatida qadrlab kelinadi. U nafaqat taomlarga o‘ziga xos mazali ta’m bag‘ishlaydi, balki salomatlik uchun beqiyos foydasi bilan ham mashhur. Zamonaviy tibbiy tadqiqotlar ham uning ko‘pgina kasalliklarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlamoqda.
Birinchi navbatda, sarimsoq immun tizimini mustahkamlaydi. Uning tarkibidagi antioksidantlar va fitonsidlar organizmni turli viruslar hamda bakteriyalardan himoya qiladi. Ayniqsa, undagi asosiy modda — allitsin o‘tkir infeksiyalarga qarshi kurashib, zararli mikroorganizmlarni yo‘qotish qobiliyatiga ega. Shuning uchun sarimsoq shamollash va virusli kasalliklar mavsumida tabiiy himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Sarimsoqning yana bir muhim xossasi — yurak va qon tomir salomatligiga ijobiy ta’siri. U muntazam iste’mol qilinganda qon bosimini pasaytiradi, "yomon" xolesterinni kamaytiradi va yurak xuruji hamda insult xavfini kamaytiradi. Tarkibidagi oltingugurtli birikmalar qonning suyuqlanishiga yordam beradi, qon aylanishini yaxshilaydi va tomirlar faoliyatini barqarorlashtiradi.
Sarimsoq tabiiy yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ham mashhur. Uning moddalari organizmda yallig‘lanishni kuchaytiruvchi fermentlarni bloklaydi. Shu sababli, u artrit, astma va turli surunkali kasalliklar davolashda yordamchi sifatida qo‘llanishi mumkin. Tibbiy amaliyotda sarimsoq yallig‘lanishni kamaytiruvchi tabiiy vosita sifatida tavsiya etiladi.
Sarimsoq piyoz ko‘p kasalliklarga qarshi kuchli vosita hisoblanadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar