date

Diyetali ichimliklar miyani tezroq qaritishi mumkin

Diyetali ichimliklar miyani tezroq qaritishi mumkin

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, mashhur Diyet Coke va boshqa sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar qo‘shilgan mahsulotlar aql salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Neurology jurnalida chop etilgan Braziliya tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p sun’iy shirinliklar iste’mol qilgan ishtirokchilarda kognitiv qobiliyat va xotira "sezilarli darajada tezroq pasaygan."

Mutaxassislar gazli ichimlik, energetik ichimlik, turli xushbo‘y suvlar, yogurt hamda past kaloriyali shirinliklardagi yetti xil sun’iy shirinlashtiruvchi modda ta’sirini o‘rgandi.

Natijaga ko‘ra, eng ko‘p iste’mol qiluvchi guruhda miya faoliyati deyarli 1,6 yilga tezroq qarigan va aqliy salohiyat 62 foizga tezroq pasaygan. Shu bois, olimlar imkon qadar bunday mahsulotlardan voz kechishni yoki ularni mutlaqo iste’mol qilmaslikni maslahat bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Diyetali ichimliklar miyani tezroq qaritishi mumkin