Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ogohlantirishicha, so‘nggi yillarda dunyoda vabo bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada ko‘paygan. Xususan, 2024 yil davomida mazkur xastalikni yuqtirish holatlari 2023 yilga nisbatan 5 foizga o‘sgan. Eng tashvishlisi, o‘lim ko‘rsatkichlari 50 foizga oshgani qayd etildi. Ya’ni o‘tgan yili 6000 nafardan ziyod inson vabo qurboniga aylangan.
Shuningdek, o‘tgan yilda epidemiya o‘choqlari aniqlangan davlatlar soni 60 taga yetgan. Bu esa oldingi yilga nisbatan 15 taga ko‘p ko‘rsatkichdir. Hozirgi paytda eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan hududlar ro‘yxatida Afrika mamlakatlari, Osiyo qit’asidagi ayrim davlatlar va Yaqin Sharq mintaqasi yetakchilik qilmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, qurbonlarning kamida to‘rtinchi qismi hech qanday tibbiy muassasaga murojaat qilmasdan hayotdan ko‘z yumishi holatlari kuzatilgan. Bu esa tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari cheklangan hududlarda muammo keskin ekanini ko‘rsatadi.
2025 yilga kelib ham global vabo inqirozi to‘liq to‘xtamadi. Joriy yil boshidan buyon 31 mamlakatda ushbu kasallik tarqalishi qayd etilgani buning yaqqol isbotidir. JSST bu vaziyatni jiddiy tahdid sifatida baholab, barcha davlatlarni, xalqaro donorlarni va mahalliy jamoalarni hamjihatlikda harakat qilishga chaqirdi.
JSST: Dunyoda vabo qurbonlari soni keskin oshib bormoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar