D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi 5 omil

D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi 5 omil

D vitamini suyaklar mustahkamligi, immunitet va mushaklar faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Biroq ayrim holatlarda organizm uni yetarli miqdorda qabul qilsa ham, so‘rilishi yoki o‘zlashtirilishi buzilishi mumkin. Mutaxassislar bunga quyidagi omillar sabab bo‘lishini ta’kidlaydi.

1. Yog‘larni yomon so‘rilishi

D vitamini yog‘da eruvchi vitamin hisoblanadi. Ichaklarda yog‘larning so‘rilishi buziladigan kasalliklar (seliakiya, Kron kasalligi, pankreatit yoki o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolar) D vitamini o‘zlashtirilishini ham kamaytiradi.

2. Ortiqcha vazn va semizlik

Semizlikda D vitamini yog‘ to‘qimalarida ko‘proq to‘planib qoladi. Natijada uning qon tarkibidagi faol miqdori kamayadi va organizm undan to‘liq foydalana olmaydi.

Yog‘och idishdagi sariq kapsulalar va shisha idishda turgan o‘simlik yog‘i.

3. Ayrim dori vositalari

Ba’zi dorilar D vitamini almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, epilepsiyaga qarshi preparatlar, glyukokortikoidlar, ayrim zamburug‘larga qarshi dorilar hamda vazn kamaytirish uchun qo‘llanadigan orlistat preparati D vitamini darajasini pasaytirishi mumkin.

4. Jigar va buyrak kasalliklari

D vitamini organizmda faol shaklga aylanishi uchun avval jigar, keyin esa buyraklarda qayta ishlanadi. Ushbu a’zolar faoliyati buzilganda vitaminning biologik faollashuvi ham izdan chiqadi.

5. Uni noto‘g‘ri qabul qilish

D vitamini yog‘ bilan birga iste’mol qilinganda yaxshiroq so‘riladi. Uni och qoringa yoki mutlaqo yog‘siz ovqat bilan qabul qilish samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, shifokor tavsiyasisiz dozani o‘zboshimchalik bilan oshirish ham tavsiya etilmaydi.

D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi 5 omil
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar