Ertalab ovqat yeyish to‘ladan kelgan odamlarni ancha faolroq qiladi. Bu haqda Bata universitetidagi tadqiqotchilar ma’lum qildi. Enxad Chaudxarining tushuntirishicha, ko‘pchilik odamlar birinchi ovqat qabul qilishni qoldirish o‘z sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘ylab ko‘rmasdan, nonushtadan voz kechadi.
Tadqiqotlarda ortiqcha vaznga ega bo‘lgan 21 dan 60 yoshgacha odamlar ishtirok etdi. Ular ikki guruhga bo‘lingan edi – biri olti hafta davomida ertalab nonushta qilgan, boshqasi esa bu nonushtani qoldirgan – kunning yarmigacha ularga faqat suv ichishga ruxsat berilgan. Nonushta qilishni unutmagan odamlar kun davomida ancha faol bo‘lgan, ular ko‘proq harakat qilgan, umuman olganda bu ularning ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Tadqiqot mualliflari tajribalarni davom ettirishni va nonushta uchun mos keluvchi eng yaxshi natija beradigan oziq-ovqatlar ko‘rsatilgan tavsifnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Ular hamma oziq-ovqatlar bir xil emasligini – shirin makkajo‘xori yormalari oqsilga boy bo‘lgan nonushtaga qaraganda kamroq foyda keltirishini eslatmoqda.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar