05:55 / 05.02.2017
7 312

Dubayda 5 fevral «Avtomobillarsiz kun» deb e’lon qildi

Dubayda 5 fevral «Avtomobillarsiz kun» deb e’lon qildi

Dubay rasmiylari 5 fevral, yakshanbani «Avtomobillarsiz kun» deya e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Dubay ma’muriyati aholini shu kuni zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish uchun avtomobillardan voz kechishga chaqirdi.

Aksiyada ishtirok etadigan haydovchilar soniga qarab, munisipalitet ma’lum bir summani xayriya va daraxt o‘tqazish uchun sarf qiladi.

Mazkur tashabbus birinchi galda hukumat muassasalari xodimlariga taalluqli. 5 fevral kuni munisipalitet va aksiyada qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning avtoturargohlari yopiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dubayda 5 fevral «Avtomobillarsiz kun» deb e’lon qildi