date

Sidneyda erkak kishi 30 metrlik qoyadan avtomobilda tushib ketib, omon qoldi

Sidneyda erkak kishi 30 metrlik qoyadan avtomobilda tushib ketib, omon qoldi

Avstraliyada mahalliy aholi vakili ajoyib tarzda omon qolgan avariya tafsilotlari o‘rganilmoqda. U boshqarayotgan avtomobil 30 metr balandlikdagi qoyadan pastga tushib ketgan. Voqea Sidney shahrining sharqiy qismida sodir bo‘lgan. Mashina yo‘l chetidagi to‘siq bilan to‘qnashgandan so‘ng pastga qulagan.

“AVS” Avstraliya telekanalining xabar berishicha, erkak kishi pachoqlangan mashina tashqarisida yotgan holda topib olingan. U mashinaning ichidan o‘zi chiqqanmi yoki qulash paytida mashina ichidan tushib ketganmi, noma’lum qolmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qutqaruvchilar vertolyoti kelguncha haydovchi kamida bir soat yordam kutgan.

Yo‘l hodisasi nima uchun ro‘y berganiga polisiya xodimlari oydinlik kiritishlariga to‘g‘ri keladi.


Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Sidneyda erkak kishi 30 metrlik qoyadan avtomobilda tushib ketib, omon qoldi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari