07:00 / 08.07.2020
4 445

Tesla yangi rekord o‘rnatdi

Tesla yangi rekord o‘rnatdi
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Tesla kompaniyasi kapitallashuvi qatorasiga 5 kun davomida kuniga o‘rtacha 14 mlrd dollardan oshib borib, qiymati o‘sishi borasida yangi rekord o‘rnatdi.

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, korxona kapitallashuvi 254,2 mlrd dollarga yetgan. U 5 kun davomida “Detroyt uchligi” deb ataluvchi AQSHning uchta yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi - General Motors, Ford Motor va Fiat Chrysler’ning umumiy kapitallashuviga teng qiymatga qimmatlashgan.

Tesla 2 iyulda joriy yilning 2-choragida mijozlarga 90650 ta avtomobil yetkazib berganini ma’lum qilgan. Vaholanki, tahlilchilar kompaniya 83 mingta avtomobil yetkazib berishini prognoz qilishgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Tesla aksiyalariga kompaniyaning inqirozdan keyin yuqori sur’atlarda tiklanayotgani ham ijobiy ta’sir qilmoqda. Boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarining ko‘rsatkichlari esa aksincha pandemiya sababli qisqarmoqda.

Tesla kompaniyasi kaapitallashuvi bo‘yicha S&P 500 fond indeksida taqdim qilingan barcha 500 kompaniyani deyarli ortda qoldirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya aksiyalarining bir donasi narxi 1371 dollarga yetgan.

Tesla aksiyalari narxi iyunda ilk bor ming dollardan oshgandi va buning evaziga kapitallashuvi 185,3 mlrd dollarga yetgandi. Tahlilchilar kompaniyaning rekord darajada qimmatlashishini Xitoyda Tesla Model 3 modeliga talab oshayotgani bilan bog‘lashmoqda. Umuman olganda, kompaniya aksiyalari narxi bir yil davomida deyarli 5 marta oshgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla yangi rekord o‘rnatdi