23:28 / 10.07.2021
5 572

BMW katta «teshiklarsiz» yangi 2-Series kupesini taqdim etdi


BMW kompaniyasi Gudvuddagi «Tezlik festivali»da 2-Series kupesining yangi avlodini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor1. Avtomobil 4-Series shassisida yaratilgan va o‘zidan oldingi avlod bilan taqqoslaganda o‘lchamlari kattalashgan. Model radiator panjarasining katta «teshiklari» — yangi BMW modellarining tashrif qog‘oziga ega bo‘lmagan.

220i modeliga 184 ot kuchini taqdim etishga qodir ikki litrli benzin motor, 220d’ga esa 190 ot kuchili turbodizel dvigatel o‘rnatiladi. Ikkala motor ham sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. M240i xDrive versiyasi 374 ot kuchini taqdim etuvchi 3,0 litrli dvigatel bilan jihozlanadi. M240i soatiga 100 kilometr tezlikka 4,3 soniyada erishadi.

Kelajakda BMW kompaniyasi 245 ot kuchiga ega 2,0 litrli motor o‘rnatilgan 230i versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Kupe favqulodda tormozlanish va «ko‘r zonalar»da nazorat tizimlariga ega bo‘ladi. Avtomobilning yuk bo‘lmasi o‘zidan oldingi avlodnikiga qaraganda kichrayadi.

Yangi model saloni esa kengaygan. Boshlang‘ich jamlanmada mashina uch zonali iqlim-nazorat, 7 dyuymli multimedia ekrani va muqobil qurilmalarga ega bo‘lgan, top versiyasiga esa to‘liq qurilmalar paneli, proyeksiya va 10,25 dyuymli mediatizim displeyi o‘rnatilgan.

S-Series kupesi BMW’ning Meksikadagi zavodida yig‘iladi. Rossiyada mashina narxi 45 175 dollardan boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq yangi BMW orqani ko‘rishga mo‘ljallangan an’anaviy ko‘zgu o‘rniga proyektorlarga ega bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW katta «teshiklarsiz» yangi 2-Series kupesini taqdim etdi