Afg‘oniston Pokistonni uchta viloyatga zarba berishda aybladi

Afg'onistondagi "Tolibon" muvaqqat hukumati Pokiston armiyasini mamlakatning uchta viloyatiga havo hujumlari uyushtirganlikda aybladi. Matbuot kotibi Zabihullo Mujohidning ma'lum qilishicha, 10 iyunga o'tar kechasi Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi aholi uylari nishonga olingan. Ushbu hujumlar oqibatida 11 nafar bola, bir nafar ayol va bir nafar keksa erkak, jami 13 kishi halok bo'ldi. Shuningdek, hodisa oqibatida 14 nafar ayol va bola turli tan jarohatlari oldi.
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Pokiston armiyasi mamlakatning uchta viloyatiga zarba berganini ma’lum qildi.
Matbuot kotibi Zabihullo Mujohidning aytishicha, 10 iyunga o‘tar kechasi Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi aholi uylari nishonga olingan.
Uning ma’lum qilishicha, hujumlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 11 nafari bolalar, yana biri ayol va biri keksa erkak ekani aytilmoqda.
Shuningdek, 14 nafar ayol va bola turli tan jarohatlari olgan. “Tolibon” bu holatni “insoniy jinoyat va tajovuzkorlik” deb baholab, keskin qoraladi.































Izohlar 0
…