5 yildan beri o‘tirmagan erkak: noodatiy qasam hayrat uyg‘otdi

Hindistonda Daulat Giri Ji Maharaj ismli erkak Shiva ma’budiga bag‘ishlangan “kxada tapasya” an’anasiga ko‘ra besh yildan buyon bir lahza ham o‘tirmasdan tik turgan holda hayot kechirmoqda. Ushbu diniy qasamga asosan, u jami 12 yil davomida shu holatda qolishi kerak bo‘lib, bu amaliyotni yakunlash uchun yana yetti yil tik turishi zarur.
Hindistonda Daulat Giri Ji Maharaj ismli erkak g‘ayrioddiy ruhiy amaliyot bilan e’tiborni tortmoqda. U Shiva ma’budiga bag‘ishlangan “kxada tapasya” an’anasiga amal qilib, besh yildan buyon bir lahza ham o‘tirmasdan tik turgan holda hayot kechirmoqda.
Bu haqda Taaza TV ma’lum qildi.
Qasamga ko‘ra, u jami 12 yil davomida shu holatda qolishi kerak. Ushbu diniy amaliyot tarafdorlari bunday sabr-toqat insonni ruhiy poklanishga olib boradi, deb hisoblaydi.
Ma’lum qilinishicha, Maharaj nafaqat o‘tirmaydi, balki uxlashni ham tik turgan holatda amalga oshiradi. Bunda u yiqilib ketmaslik uchun maxsus tayanch moslamadan foydalanadi.
Biroq uzoq muddat tik turish uning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Erkakning oyoqlari shishib, rang o‘zgargani, qon aylanishi yomonlashgani qayd etilgan. Shunga qaramay, u o‘z qasamidan voz kechmagan.
Hozirda uning ahvoli mahalliy ibodatxona ko‘ngillilari tomonidan nazorat qilinmoqda. Ular muntazam parvarish ko‘rsatib, erkakka yordam bermoqda. Ushbu amaliyotni yakunlash uchun u yana yetti yil tik turishi kerak bo‘ladi.






























Izohlar 0
…