Britaniya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
Qisqacha

Buyuk Britaniya hukumati 16 yoshga to'lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaror qildi. Yangi tartib 2027 yil bahoridan kuchga kirishi kutilmoqda va u Instagram, YouTube, TikTok, Snapchat, Facebook hamda X platformalariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, WhatsApp va Signal messenjerlari taqiq ro'yxatiga kiritilmaydi.

Buyuk Britaniya hukumati 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaror qildi.

Yangi tartib 2027 yil bahoridan kuchga kirishi kutilmoqda. Cheklovlar Instagram, YouTube, TikTok, Snapchat, Facebook va X kabi platformalarga tatbiq etiladi.

WhatsApp va Signal kabi messenjerlar esa taqiq ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar bolalar akkaunt ochishining oldini olish uchun yoshni tekshirish mexanizmlarini joriy qilishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, onlayn o‘yinlar va ayrim internet xizmatlarida bolalar xavfsizligi uchun qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar