Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida qizil bayroq paydo bo‘ldi

Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida qizil bayroq paydo bo‘ldi

Tehrondagi Imom Xumayniy musallosi gumbazi uzra qasosga chaqiruvchi qizil bayroq ko‘tarildi. Mazkur diniy majmuada so‘nggi uch kun davomida Eronning halok bo‘lgan oliy rahbari Ali Xomanaiy va uning oila a’zolari bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi, deb xabar beradi TASS.

Xomanaiyning tobuti majmuada turgan so‘nggi soatlarda u bilan xayrlashish uchun bir necha million kishi kelgani aytilmoqda. Marosim ishtirokchilari Eron bayroqlari va sobiq rahbarning suratlarini ko‘tarib chiqqan.

Motam tadbirlari poytaxtning boshqa hududlarida ham davom etgan. Kechqurun ko‘plab odamlar Tehronning asosiy maydonlariga chiqib, Islom Respublikasi rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Shaharda Ali Xomanaiy va u bilan birga halok bo‘lgan yaqinlarining tobutlari olib o‘tiladigan katta motam yurishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Eron rasmiylari ushbu marosimda 15 milliondan 20 milliongacha odam ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Qizil bayroq shialar an’anasida qasos ramzi sifatida talqin qilinadi. Unda «Ey Husayn uchun qasos oluvchilar» mazmunidagi yozuv joylashtirilgani xabar qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar