Janubiy Koreya prezidenti va rafiqasi Meksikada taco yeb, K-pop konsertida qatnashdi

Janubiy Koreya prezidenti va rafiqasi Meksikada taco yeb, K-pop konsertida qatnashdi

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon va uning rafiqasi Kim He Gyon Meksikaga rasmiy tashrifi davomida o‘ziga xos tashriflari bilan e’tibor markaziga tushdi.

Prezident juftligi Mexiko shahridagi Tacos Atarantados restoraniga borib, Meksikaning mashhur taomi — tacodan tatib ko‘rdi. Ular restoran xodimlari bilan ham suratga tushdi.

Shundan so‘ng Janubiy Koreya rahbari va uning rafiqasi dunyoga mashhur Stray Kids K-pop guruhining konsertida ham ishtirok etdi.

Prezident juftligining ushbu tashrifi diplomatik uchrashuvlardan tashqari, ikki mamlakatning madaniyati va milliy taomlariga bo‘lgan qiziqish bilan ham yodda qoldi. Mazkur voqealar Janubiy Koreya va Meksika o‘rtasidagi madaniy aloqalarga ham e’tibor qaratdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar