Foto: «RIA»
AQSH rahbari Jo Bayden o‘zidan avvalgi prezidentning eng yirik loyihalaridan birini rad etdi: Meksika chegarasida devor qurilishini moliyalashtirishni to‘xtatdi va u yerda 2019 yildan beri amal qilib kelayotgan favqulodda tartibni bekor qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Favqulodda holat 2019 yil fevralda o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan joriy qilingan edi. Aslida favqulodda vaziyat tartibi qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini va mintaqada federal mablag‘ ajratishning soddalashtirilgan sxemasini anglatadi.
«Janubiy chegarada favqulodda holat tartibi e’lon qilinishi asossiz degan xulosaga keldim», — deyiladi prezident tomonidan AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yuborilgan maktubda.
Bayden uning ma’muriyati «Amerika soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Meksika chegarasida devor qurishga sarflanishiga» yo‘l qo‘ymasligini aytib, «bunga ajratilgan barcha resurslarni yaxshilab ko‘rib chiqishni» so‘radi.
Pelosiga yuborgan maktubida Bayden Kongressga favqulodda tartib tugatilgani hamda ular tomonidan taqdim etilgan mablag‘ bundan buyon janubiy chegarada devor qurishga ishlatilmasligi to‘g‘risida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Myanmada harbiylar hokimiyatni egallab oldi va bir yilga favqulodda holat e’lon qildi

Ugandada 34 yildan beri hokimiyatda bo‘lib kelayotgan prezident saylovda yana g‘alaba qozondi

«Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi

AQSH Vakillar palatasi spikeri Jo Baydenning g‘alaba qozonganini aytib o‘tdi

Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilindi

Donald Tramp AQSH chegara nazoratini kuchaytirish haqida topshiriq berdi