date
views 100

Abituriyentlar uchun apellyatsiya muddati e’lon qilindi

Abituriyentlar uchun apellyatsiya muddati e’lon qilindi

Test imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Arizani my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda 31 avgustga qadar (10 kun) topshirish mumkin.

Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Ariza bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023 yil 24 avgustdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DTM mandat natijalarini e’lon qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlar uchun apellyatsiya muddati e’lon qilindi