Shifokor va psixologlar guruhi tomonidan NEW ENGLAND JOURNAL OF MEDICINE (Yangi Angliyaning tibbiyot jurnali)da Jorj Vashington universiteti Meditsina kolleji direktorining ilmiy izlanishlarining quyidagi xulosalari e’lon qilindi.
Yosh o‘tgan sari inson miyasining o‘ng va chap yarimsharlari faoliyati bir-biriga uyg‘unlashib boradi va buning natijasida ijodiy imkoniyatlar kengayadi, faollashadi. Shu sababdan ham 60 yoshdan keyin faoliyatini boshlagan mashhur ijodkorlarni ko‘p kuzatish mumkin.
To‘g‘ri, bu davrda miya yoshlikdagi kabi tez ishlamaydi, ammo moslashuvchanligi, vaziyatga kirishimliligi tufayli insonning to‘g‘ri qaror qabul qilishi tezlashadi, salbiy his-tuyg‘ularga berilishi kamayadi. Intellektual faollik 70 yoshlarga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda miya to‘liq imkoniyatlari bilan ishlay boshlaydi.
Yillar o‘tishi bilan odam miyasida neyronlararo signallarning tez uzatilishiga yordam beradigan milena elementi ko‘payadi, oqibatda intellektual qobiliyatlar 300 foizgacha yuksalishi mumkin. Bu modda, ayniqsa, 60–80 yoshlar oralig‘ida faol hosil bo‘ladi. Shuningdek, 60 yoshdan keyin inson o‘z miyasining ikkita yarimsharini bir vaqtda ishlata oladi, bu holat nisbatan murakkab vazifalarni oson yechishga imkon beradi.
Monreal universiteti professori Monchi Uriga ko‘ra, ulug‘ yoshli odamlarning miyasi masalalarning keraksiz jihatlariga e’tibor qaratmay, to‘g‘ri variantni tanlash bilan aqliy quvvatni tejar ekan. Har xil yoshdagi kishilar ishtirokida ilmiy tadqiqot o‘tkazilganda, test savollariga javob berishda ko‘pchilik yoshlar xato qilgan; 60 yoshdan yuqori bo‘lganlar to‘g‘ri qarorga kelgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mutaxassislar xulosa qiladilar:
- 60–80 yoshda, ko‘pchilik o‘ylaganidek, bosh miya neyronlari o‘lmaydi, balki ular orasidagi aloqa yo‘qoladi;
- 60–70 oralig‘i – inson faoliyatining eng sermahsul davri;
- 2-o‘rinda shunga yaqin samaradorlik davri 70–80 yoshlar;
- 3-samaradorlik davri 50–60 yoshlar.
Olimlar o‘z xulosalarini hayotiy misollar bilan dalillaydilar:
- Nobel mukofoti laureatlarining o‘rtacha yoshi – 62.
- Dunyodagi 100 ta eng yirik kompaniyalar prezidentlarining o‘rtacha yoshi – 63.
Keksalarning fikri tarqoqligi, xotirasi pasayishi ular miyasida axborotlarning haddan tashqari ko‘pligi bilan bog‘liq. Shuning uchun hayotda keraksiz mayda-chuydalarga o‘ralashib qolmaslik kerak.
Agar inson sog‘lom turmush tarziga rioya qilsa, harakatda bo‘lsa, imkoniyatiga yarasha jismoniy yukni ko‘tarib, aqliy faoliyat bilan band bo‘lsa, uning intellektual qobiliyatlari 80–90 yoshgacha yuksalib boradi.
Muxtarama ULUG‘OVA tayyorladi.
Manba: Oyina.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi